Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/Avgust/2021   Markaziy Osiyo

Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqotining navbatdagi majlisi boshlandi

TOSHKЕNT, 6 avgust. /«Dunyo»AA/. Turkmanboshi shahrida (Turkmaniston) Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi maslahat uchrashuvi doirasida Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqotining navbatdagi majlisi o‘z ishini boshladi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri  parlament yuqori palatasi manbasiga asoslanib.


Forumda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila  Norboyeva ishtirok etmoqda.
Majlisda Markaziy Osiyo mamlakatlari tomonidan gender tenglikka erishish siyosatini amalga oshirish xususida fikr almashish, mintaqa xotin-qizlarining siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorligi masalalari muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqoti Deklaratsiyasini qabul qilish va Yetakchi ayollar muloqoti ishtirokchilarining Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlariga murojaat qilishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid

O‘zbekiston-Qozog‘iston: yaxshi qo‘shnic...

5-6 dekabr kunlari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga davlat tas...

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari ...

Dushanbe shahrida O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi sav...

O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi ...

O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxodjayev boshchiligidagi del...

So`nggi yangiliklar