Abu-Dabida dunyodagi eng yirik akvarium bunyod etilmoqda

    Birlashagan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida dunyodagi eng yirik akvarium bunyod etilmoqda.

    Yas orolidagi turizm va dam olish markazida qad rostlayotgan SeaWorld Abu Dhabi majmuasi 183 ming kvadrat metr maydonni egallaydi. Unda interfaol eksponatlar, dunyodagi eng yirik akvarium o'rin oladi.

    25 million litr suv bilan to'ldiriladigan akvarium 68 ming turdagi dengiz jonivorlari — akula, baliqlar, skatlar, dengiz toshbaqlarining “boshpana”siga aylanadi. Dengiz jonivorlarini 20 metrli vertikal oyna qarshisida turib tomosha qilish imkonyati yaratiladi.

    Hozirgi kunda SeaWorld Abu Dhabining temir majmuasini qurish ishlari tugab qoldi, umumiy qurilish ishlari 64 foizga etdi. Majmuani 2022 yilda qurib bitkazish ko'zda tutilgan, deya xabar beradi techcult.ru.