Corniche

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2000-yillarning boshlarida Abu-Dabidagi Corniche
Cornichedan Abu-Dabi silueti
Cornichening Marina savdo markazidan koʻrinishi

Corniche yoki Corniche yoʻli Birlashgan Arab Amirliklarining poytaxti Abu-Dabi shahrida joylashgan[1]. Uzunligi 8 km boʻlib, bolalar oʻyin maydonchalari, velosiped va piyodalar uchun alohida yoʻlaklar, restoranlar, kafelar va Corniche plyajini oʻz ichiga oladi.

Hududi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Corniche asosiy Abu-Dabi orolining gʻarbiy tomonida keng egri chiziq hosil qiladi va velosiped yoʻllari, favvoralar va parklar ushbu hududda faoliyat koʻrsatadi. 2002 va 2004-yillar oraligʻida dengiz suvlari yuvib turadigan yer qismi quruqlikka aylantirildi va shu orqali Corniche kengaytirildi. Avvalgi diqqatga sazovor joylarning baʼzilari, jumladan, vulqon favvorasi va Abu-Dabidagi soat minorasi aynan ushbu jarayonlar natijasida buzib tashlandi. Cornichening baʼzi qismlari qumga boy boʻlgani sababli odamlar ushbu hududdan jamoat plyaji sifatida foydalanishadi. 1970-yillarga qadar Corniche egallagan hozirgi hudud plyaj boʻlgan va bu yerda kemalar orqali yuk va odamlar tashilgan. Oʻsha paytda hozirgi Mino Zayd hududi hali qurilmagan edi.

Corniche boʻylab mashina harakatlanuvchi yoʻllar

Marina Mall[tahrir | manbasini tahrirlash]

Marina Mall Cornichening qarshisida joylashgan boʻlib, unga tor yoʻl orqali kirish mumkin. Marina Mall yaqinida BAA bayrogʻi koʻtarilgan boʻlib, bu dunyodagi eng baland bayroq ustunlaridan biri hisoblanadi[2][3].

Lulu oroli[tahrir | manbasini tahrirlash]

Cornichedan Lulu oroli koʻrinishi

Lulu oroli Cornichedan bir kilometr uzoqlikda joylashgan kichik qayta tiklangan orol hisoblanadi. Emirates Palace mehmonxonasi Cornichening janubiy uchida joylashgan. Corniche boʻylab bir qancha osmonoʻpar binolar, janubiy uchida yangi yanada balandroq binolar bunyod etilgan.

Yangi qurilish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abu-Dabi ayollar plyaji Cornichening bir chetida joylashgan edi, biroq hukumat tomonidan ushbu hududda saroy qurilishi rejalashtirilgani bois plyaj bir necha yil oldin yopildi[4].

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Abu Dhabi Corniche“. visitabudhabi.ae. Qaraldi: 2013-yil 24-noyabr.
  2. „The World's Tallest Flagpoles“ (en-US). WorldAtlas (2018-yil 22-fevral). Qaraldi: 2023-yil 1-noyabr.
  3. „Abu Dhabi claims world's tallest flagpole“ (en-GB) (2001-yil 26-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 1-noyabr.
  4. „Qasr al Watan: A look inside the UAE's presidential palace“.