Amallar niyatlarga bog'liq

Amallar niyatlarga bog'liq

1. Har bir ishni boshlashda niyating muhim. Ikki kishi bor. Biri boshqalarga chiroyli ko'rinish niyatida zalga boradi. Ikkinchisi "Kuchli mo'min Allohning nazdida kuchsiz mo'mindan ko'ra yaxshiroq va sevimliroqdir" degan hadisga amal qilgan holda kuchli mo'min bo'lish uchun shug'ullanadi. Birinchisining shug'ullanishi riyo, ikkinchisiniki ibodat bo'ladi.

2. Taomlanishni ham "Yegan-ichganim ibodat, ilm va boshqa foydali ishlar uchun quvvat bo'lsin" degan niyat bilan boshlasang yegan har bir luqmang uchun savob olasan.

3. Boshqalar dasturchi bo'lib ko'p pul topayotganini eshitib sen ham ko'p pul topish niyatida dasturchi bo'lmoqchisan. Niyating ko'p pul topish. Oldindan aytishim mumkin: sendan yaxshi dasturchi chiqmaydi. Maksimal holatda nimani niyat qilgan bo'lsang shunga erishishing mumkin.

4. Agar sening maqsading ummat uchun foydali dasturlar ishlab chiqarish, odamlarni og'irini yengil qilish, millatingni uyg'otish, xalqni ilmsizlikdan qutqarish, boshqalarga ko'proq foydasi tegadigan inson bo'lish va shu orqali Allohning roziligiga erishish kabi foydali bo'lsa, qilayotgan ishlaringda baraka bo'ladi. Boshqa narsalarga ham, inshaalloh, erishasan. 

4. Aytaylik biror uzoqroq joyga bormoqchisan. U joy sening maqsading. Manzilingga yetish uchun taksi kerak. Endi tasavvur qil: shu joyda seni maqsading faqatgina taksiga minish, bo'ldi. Bu qanchalik kulgili? Tushunding-ku, to'g'rimi?

5. Maqsadni shunday qo'yginki, unga erisha olishingga birinchi navbatda o'zing ich-ichingdan ishon. Boshqalarni maqsadingga erishishing mumkinligiga ishontirish uchun ham shunday qilishing kerak. 

6. O'layotgan paytingda umring bekor o'tmaganiga xursand bo'lib eslaydigan qanday ish qilmoqchisan? Maqsadlaringning oliy nuqtasi o'sha yer. Sen shular sari intil. Ular shunchaki mayda-chuyda narsalar bo'lmasin. Chunki, sen boshqalarga o'xshagan dunyo matoxlarini maqsad qiladigan kichkina odam emassanku, to'g'rimi, jigar? 😉 

Untuk melihat atau menambahkan komentar, silakan login