Ro‘zador tahorat qilganda...

Ro‘zador tahorat qilganda...

Savol:

Assalomu alaykum varahmatulloh. Dinda savolim bor. Men 18 yoshdaman. Shu yildan boshlab aqlimni taniyapman ~ dinimni o‘rganyapman.

Birinchi yil ro‘za tutishim. Ro‘zador tahoratni qanday tartibda qiladi? Og‘izga suv kirganda, burun achishguncha chayilganda ro‘za ochilib ketmaydimi? O‘ylaymanki, savolim bee’tibor qolmaydi. Javob uchun oldindan rahmat.

Alloh barchamizdan rozi bo‘lsin...

Javob:

Vaalaykum assalom varahmatullohi vabarakotuh.

Ro‘za tutganda tahorat olishda og‘iz va burunni chayishda mubolag‘a qilmaysiz. Ya’ni suvni halqumdan o‘tar darajada ichingizga qattiq tortmaysiz. Oddiy chayganda og‘izda qoladigan namlikning ro‘zaga zarari yo‘q. 

Alloh yanada biluvchi.

Mubashshir Ahmad

Manba: azon.uz 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!